Новости

🔰"Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam": Jizzaxda navbatdagi aksiya.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva “O‘rda” ekologik bog‘ida o‘tkazilgan sog‘lomlashtirish tadbirida ishtirok etdi. «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostidagi ushbu tadbir Prezidentning 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

🔸Shuningdek, ushbu tadbirda deputat G.Anorboyeva bunday ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari aholining salomatligini asrashda muhim omil ekanligi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Slide 1 of 3