Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mirzagaliev tomonidan Yangi-Tomdi qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarining tozaligi hamda tungi yoritilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda sanitariya va obodonlashtirish ishlarining holati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududlarni ozoda saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yoritish tizimini yaxshilash va hududlarni yanada obod qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.