Новости

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

✅ Tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlantirish sifati, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, shuningdek, tarbiyachilarning ish faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, bolalarning xavfsizligini ta’minlash, ularni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅ O‘rganish yakunida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda ta’lim sifati oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 9