Новости

#mahalla_yettiligi #faoliyatidan
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan hududdagi 6-Qorasuv saylov okrugida Gulzor mahalla yettiligidan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan bajarilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi. Hududda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 1