Новости

Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy-ma’naviy muhit, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, profilaktika ishlari hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan faoliyatning samaradorligi, sektorlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Hududda aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla tizimidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4