Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar
янв.21
Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
YANGI O’ZBEKISTON – INVESTORLAR UCHUN KATTA IMKONIYATLAR ESHIGI

Joriy yilning 10-12 iyun kunlari poytaxtimizda bo’lib o’tgan lV Toshkent xalqaro investitsiya forumida 100 ga yaqin davlatlardan 3000 ga yaqin xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi. Biz buni, avvalambor, mamlakatimizga bo’lgan hurmat, o’zaro ishonch va yaqin hamkorlikning chinakam ifodasi sifatida qabul qilamiz.  

Ushbu forumda Prezidentimiz muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Forumning asosiy mavzusi bo’lgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning ham kafolatidir. 

Nufuzli tadbirda davlatimiz rahbari o’z nutqida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni zamonaviy iqtisodiyotning "drayveri" deb aytib, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Umuman olganda, forum doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan muhim shartnomalar mamlakatimiz taraqqiyotiga, aholining farovon hayotiga, yangi ish o’rinlari yaratilishiga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirishga, investitsiya muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 

Qolaversa, mamlakatimizda iqtisodiy rivojlantsh uchun mustahkam zamin yaratadi. Zero, yangi O’zbekiston barcha investorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Yulchiyev Baxrom Alidjanovich,

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati


 

Slide 1 of 1