Joriy yilning 9-iyun sanasida ushbu BPTda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlari X.Xolmuminov, A.Ashurov, Sh.Allamuratova hamda Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirovlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda partiyaning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilikdagi yangiliklar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir nihoyasida partiya a’zoligiga yangi faollar qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.