Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar
янв.21
Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
Ta’limga qaratilgan e’tibor!

Ta’limga qaratilgan e’tibor!

Prezidentimiz
raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yana-da
oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan aniq vazifalar, albatta yaqin
kelajakda o‘z mevasini beradi.
 

Har qanday jamiyatning ertangi kuni bugungi taʼlim
tizimiga bog‘liqdir. Zero, taʼlim bu shunchaki darslik, imtihon va diplomlar
majmuasi emas. Bu inson tafakkuri, tarbiyasi va maqsadlarining shakllanish
jarayonidir. Taʼlimi kuchli bo‘lgan jamiyatda har bir fuqaroning qadri bo‘ladi.
 

Bugungi
kunda taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, yangi dasturlar, zamonaviy darsliklar va
texnologiyalar muallimlardan ham yuqori malaka va yangi bilimlarni talab
qilmoqda. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari masalaning ayni jihatiga alohida
eʼtibor qaratib, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh
qilish bo‘yicha muhim vazifalarni belgiladi.
 

Jumladan, Avloniy malaka oshirish instituti
transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi
belgilandi. Bu muallimlarning malakasini oshirishga qaratilgan ishlarni hududiy
miqyosda tashkil etish imkonini beradi.
 

Shuningdek, joriy yilda yangi maktablar qurish
uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilinishi belgilandi.
Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilishi
ko‘zda tutilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga 2025-yilda
xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash hamda mahalliy tadbirkorlarga
sharoit yaratish orqali maktablar qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni
jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
 

O‘z navbatida biz deputatlar yuqorida
belgilangan maqsad va vazifalarning samarali amalga oshirilishini nazorat
qilish, taʼlim tizimidagi islohotlarning natijadorligini taʼminlashda faol va
tashabbuskor bo‘lishimiz zarur. Zotan,
sifatli taʼlim porloq kelajak poydevoridir.
 

  

Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati
Sojida
Malikova

Slide 1 of 1