Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar
янв.21
Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
#Uchquduq #Aksiya Maktab o‘quvchilari ishtirokida chiqindi yig‘ish aksiyasi o‘tkazildi

#Uchquduq

#Aksiya

Maktab o‘quvchilari ishtirokida chiqindi yig‘ish aksiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi va tuman Kengashi deputati L.Karimovaning tashabbusi bilan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi ekologik tadbir – chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha amaliy aksiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirda maktabning faol o‘quvchilari va ustozlari ishtirok etib, maktab hovlisi va atrofidagi chiqindilarni yig‘ib, ularni maxsus belgilangan idishlarga ajratib tashlashdi.

Maktab hududida ekologik tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida qog‘oz chiqindilar va plastmassa chiqindilar uchun alohida maxsus konteynerlar o‘rnatildi. Bu esa chiqindilarni qayta ishlash imkonini yaratish bilan birga, maktab o‘quvchilari va xodimlarini ekologik mas’uliyatga undaydi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga chiqindilarni to‘g‘ri ajratish, qayta ishlashning foydalari, yashil makon yaratish va ekologik xavfsizlik haqida tushunchalar berildi.

Slide 1 of 5