Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar
янв.21
Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi

 Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham
zamon talabiga moslashtirildi 

Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bo‘ronov
Shomurod Ashurovich hamda viloyat Kengashi deputati Aminov Farmon Mavlonovich
bilan hamkorlikda tumanning Nurafshon hamda O‘rta Cho‘l mahalla fuqarolar
yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ushbu hududdan
o‘tuvchi Cho‘kati arig‘ini hozirgi zamon talabiga moslashtirib
betonlashtirishda amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qilishdi. Fuqarolarning
murojaatlariga shunchaki qo‘l ostidan qaralmasdan fuqarolarning murojaatlari
yuzasidan tuman va viloyat kesimida deputatlar tomonidan tegishli tashkilot
rahbarlariga taklif hamda so‘rovlar chiqarildi. Bu ikki deputatimiz viloyat
hamda tuman tashkilotlari bilan uchrashib ushbu masalani muhokama qilinganda
2025 yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib suv xo‘jaligi
vaziri Sh.Hamroyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Amu-Buxoro kanal irigatsiya havza tizimiga
ham qator vazifalar belgilab berilganligi, jumladan Kogon tumanining Cho‘kati
arig‘ini betonlashtirish uchun 3 mlrd mablag‘ belgilanganligi ma’lum
qilindi. Viloyat tuman tashkilot
rahbarlari bilan maslahatlashib yuqoridagi masala yuzasidan qonun doirasida
smeta hujjatlarini ishlab chiqib tendrga qo‘yishlari haqida takliflar berildi.
Fuqarolarning bu murojaatlarini tuman va viloyat tashkilotlari ham e’tiborsiz
qoldirmasdan bu muammoga jiddiy qarab ishlar boshlab yuborildi.  

Buxoro suv qurilish invest tashkiloti tomonidan smeta hujjatlari
loyihalashtirilib tendrga qo‘yildi. Tendrni Buxoro gidrotexnika MCHJ yutib olib
yanvar oyida betonlashtirish ishlari boshlandi. Tumanning eng chekka hududi
bo‘lgan Nurafshon va O‘rta Cho‘l MFY aholisini tomorqa yerlaridan samarali
foydalanib yiliga 2 yoki 3 marta hosil olishga erishish bilan tomarqani daromad
manbaiga aylantirish maqsadida Moliya vazirligining 1 mlrd 800 mln so‘m pulini ham ushbu ariqga sarflanib 4,8 km
masofa betonlashtirilib 2025 yilning 13 may kuni ariq to‘liq foydalanishga
topshirildi. Tuman hokimligi va ushbu hududdagi aholi va Fermer xo‘jaliklari
hamkorligida Buxoro gidrotexnika MCHJning bir guruh mutaxassis va ishchilariga
tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandilar. Bulardan
qurilish birgadiri Bekmurodov Shaxzod quruvchilar Egamov Maftunbek ekskavator
mexanizator To‘xtayev Shavkat hamda Kenjayev Xasanlar taqdirlandi. Ushbu hududda 5 700 nafar aholi istiqomat
qiladi. Aholi tomorqalarida sabzavot poliz ekinlari hamda issiqxonalardan
samarali foydalaniladi. 

Slide 1 of 6