Новости

Последние новости

197-SONLI MAKTAB YANGI BINOSIDA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR, SANITAR VA MUHANDISLIK TIZMI KENGASH NAZORATIDA

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

197-SONLI MAKTAB YANGI BINOSIDA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR, SANITAR VA MUHANDISLIK TIZMI KENGASH NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi A.Giyasov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirokida Xojiobod mahallasi hududida joylashgan 197-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qurilgan yangi bino foydalanishga topshirilishidan avval joyiga chiqib o‘rganildi.

🗂 O‘rganish davomida yangi binoda o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanishi, moddiy-texnik baza, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda sanitariya-maishiy sharoitlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni talablarining ijrosi ham o‘rganildi.

🤔 Xususan, sinfxonalari uchun xarid qilingan mebel va jihozlarning holati, ularning o‘rnatilishi, foydalanishga tayyorligi hamda o‘quvchilar uchun qulay joylashtirilganligi ko‘zdan kechirildi. Sinfxonalarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligiga e’tibor qaratildi.

🫥 Shuningdek, yangi binoning muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, jumladan, sinfxonalariga o‘rnatilgan chiller va fankoyl tizimlari, ularning ishlash holati hamda xonalarda qulay mikroiqlimni ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi.

⏫️ Binoda o‘rnatilgan lift moslamasining holati, foydalanishga tayyorligi va undan xavfsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur masalaga binodan barcha foydalanuvchilar, shu jumladan, harakatlanishida cheklovi bo‘lgan shaxslarning qulay va xavfsiz foydalanishini ta’minlash nuqtayi nazaridan e’tibor qaratildi.

🕯 Bundan tashqari, maktabning hojatxonalari va sanitariya-maishiy sharoitlari, suv ta’minoti, tozaligi hamda foydalanishga tayyorlik holati ko‘rib chiqildi.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, barcha muhandislik tizimlarining sozligini ta’minlash, sinfxonalar va jihozlarni to‘liq tayyor holatga keltirish, shuningdek, sanitariya talablariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📈 197-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi binosida amalga oshirilgan ishlarning sifati, aniqlangan masalalarning bartaraf etilishi va binoni foydalanishga topshirish jarayoni Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan nazoratga olinib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4