FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Sh. Usmonova tomonidan O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va muammolari tinglanib, murojaatlari yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash, mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.