Новости

Последние новости

FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov G‘amxo‘r mahallasida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaat, taklif va muammolar bildirildi. Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son Qonunining mazmuni tushuntirildi.
Qonunda belgilangan tartiblar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, aholini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Slide 1 of 3