35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Furqat mahallasida soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Furqat mahallasida soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati G‘. Safarov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G. Raxmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri U. Sodiqovlar Furqat mahallasi soliq inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar, soliqqa oid tushuntirish va targ‘ibot ishlari, murojaatlar bilan ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3