Новости

Последние новости

Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘. Safarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda tuman Ekologiya partiyasi Kengashi raisi G. Rahmatova tomonidan Malikobod mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.