Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul davomida Urganch shahrining “Navbahor” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida aholi tomonidan “bozor hududida avto-bekat barpo qilish” yuzasidan haqli e’tirozlar bildirildi.
Murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlarda mahalla hududida “Urganch dehqon bozori” joylashgan bo‘lib, I.Karimov nomli markaziy ko‘chasi (“To‘maris-nur” Gipermarketi hamda 9-qavatli uy oralig‘idagi masofa)da yo‘lovchilar uchun avtobuslar to‘xtash joyida bekat mavjud emasligi aholining noroziligiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar hokimi o‘rinbosariga 118-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.