Новости

Последние новости

Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati L.Niyozova tomonidan Demas mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini manzilli hal etish maqsadida “Xotin-qizlar daftari”ning 7-bosqichiga jami 100 nafar xotin-qiz kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

Jumladan:
1-toifa – ishsiz bo‘lgan 15 nafar ayol;
2-toifa – kredit olish istagida bo‘lgan 5 nafar ayol;
4/1-toifa – tibbiy-psixologik yordamga muhtoj 15 nafar xotin-qiz;
4/2-toifa – davolanishga muhtoj 59 nafar xotin-qiz;
4/3-toifa – jarrohlik amaliyotiga muhtoj 1 nafar ayol;
5-toifa – huquqiy yordamga muhtoj 5 nafar xotin-qiz.

Mazkur toifalarga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 3