DEPUTAT SO‘ROVI: FUQAROLAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
Xalq deputatlari tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
🗓 Har payshanba — “Deputatlar kuni” doirasida Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvda aholi tomonidan dolzarb masala ko‘tarildi.
🚧 Xususan, Gulbog‘ MFY hududidan 85-sonli maktabga olib boruvchi ko‘prikning:
ta’mirtalab holatda ekani,
bir vaqtning o‘zida ikki transport vositasi harakatlanganda o‘quvchilar uchun xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.
⚠️ Mazkur holat bolalar xavfsizligi nuqtayi nazaridan jiddiy muammo sifatida qayd etildi va ko‘prikni tezkor ta’mirlash zarurligi bildirildi.
📨 Shu munosabat bilan ushbu masalani o‘rganish hamda ijobiy hal etish yuzasidan Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari D. Umrzaqov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📖 Eslatib o‘tamiz:
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga ko‘ra, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarga nisbatan jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.