#Kengash_sessiyalariga_oid
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi taminlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Xo‘jaobod mahallasi hududidan o‘tuvchi G‘ofur G‘ulom ko‘chasida yo‘l qurilishi va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichga yetkazildi.
Ko‘cha kengaytirilib, zamonaviy lotoklar o‘rnatildi, asfalt qoplamasi yotqizilib, yo‘l ravon va qulay holatga keltirildi. Ayni paytda esa uzunligi 1,1 kilometr bo‘lgan Yangi ko‘chada zamonaviy, energiya tejamkor yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.