Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar bajarilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek, G‘oyib ota, Xo‘jaobod va Do‘stlarobod mahallalari hududidan o‘tuvchi asosiy avtomobil yo‘lida ayni kunlarda keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida mazkur yo‘lning asfalt qoplamasi yotqiziladigan qismi uchun asosi tayyorlanmoqda.