Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 51-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.