Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda komissiya a’zolari O‘.Omonov va N.Ochilova ishtirokida doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-son qarori asosida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi axborotlarini, tuman hokimi hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibi muhokama qilindi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha mazkur masalani belgilangan tartibda tayyorlab, navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.