#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova mahalla faollari bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida ko‘chalar, aholi yashash hududlari hamda umumiy foydalanish joylarida amalga oshirilayotgan tozalik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|