#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 4-Oxunboboyev okrug Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 21-sonli umumta’lim maktabi hududdan uzoqda joylashgani sababli qishloqda maktab filiali tashkil etish bo‘yicha taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Hududdagi mavjud sharoitlar, aholi soni hamda ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilib 2027 yil dasturiga taklif kiritish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|