#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi poliklinikada faoliyat holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–399, 2016-yil 4-yanvar) talablarining ijrosi, dori vositalarini saqlash, hisobga olish va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|