#24_masala
#Kotibiyat_xodimi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida obodonlashtirish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida maktab hududining obodonlashtirilishi, sinf xonalari va boshqa infratuzilma obyektlarining tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|