#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova Yangiobod mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Murojaatda Qorasuv ko‘prigi hududida suv yo‘lini ochish masalasi ko‘tarildi. Holat joyida ko‘zdan kechirilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat tomonidan mazkur murojaat nazoratga olinib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|