Hashar tadbirlarida keng jamoatchilik faol ishtirok etib, mahallalar, ko‘chalar, aholi yashash manzillari, korxona va tashkilotlar hududlarida sanitariya-tozalik ishlari olib borilmoqda, atrof-muhit obodonlashtirilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni parvarishlash, daraxt va gulzorlarni tartibga keltirish, qabristonlar, uy-joylar atrofi hamda jamoat maskanlarini obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xoshimov O‘tkir Murodullaevich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman Kengashi raisi