35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
2026-yil bugungi kun holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan obodonlashtirish xizmatlarini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi poliklinikada faoliyat holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida mahallada olib borilayotgan ariqlarni betonlashtirish va obodonlashtirish ishlari joyida ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida obodonlashtirish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan Navroʻz mahallasi fuqarosi Rabbonov Ostonning elektr tarmoqlari bilan bogʻliq murojaati joyiga chiqib oʻrganildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 6 oylik faoliyati sarhisobi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 6 oylik faoliyati sarhisobi

Xalq vakillari aholi muammolarini hal etish va hudud rivoji yo‘lida tizimli ishlarni amalga oshirdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan asosiy natijalar:

🔹 Sessiyalar va qarorlar: 4 ta sessiya o‘tkazilib, 44 ta muhim qaror qabul qilindi. 2 nafar mas’ulga intizomiy chora ko‘rildi.
🔹 Ijtimoiy yordam: Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 24 ta uy-joy ta’mirlanib, 11 nafardan ortiq fuqaroga davolanish uchun ko‘mak ko‘rsatildi.
🔹 Infratuzilma: 18 km dan ortiq ichki yo‘llarga asfalt yotqizish bo‘yicha qaror ijrosi ta’minlanmoqda.

🔹 Deputatlik nazorati: 104 ta deputatlik so‘rovi yuborildi (o‘tgan yilga nisbatan 170% o‘sish). Ularning 73 tasi ijobiy yechim topdi.

🔹 Saylovchilar bilan ishlash: 66 marotaba uchrashuv o‘tkazilib, 1600 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.

🔹 Korrupsiyaga qarshi: "Uzun tumanini korrupsiyadan holi hudud"ga aylantirish bo‘yicha 11 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.