35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
2026-yil bugungi kun holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
янв.21
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan obodonlashtirish xizmatlarini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi poliklinikada faoliyat holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida obodonlashtirish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida mahallada olib borilayotgan ariqlarni betonlashtirish va obodonlashtirish ishlari joyida ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘rganish davomida yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
#_munosabat

“O‘zgidromet tomonidan 18–20 iyul kunlari yurtimiz hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Bunday ob-havo sharoitida har bir fuqaro o‘z salomatligini asrashga alohida e’tibor qaratishi muhim.
Ayniqsa, keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar zarurat bo‘lmasa, kunning eng issiq vaqtlarida ochiq havoda uzoq qolmasliklari, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, barcha tashkilot va korxonalar, mahalla faollari hamda mas’ul xizmatlar issiq havo oqibatlarining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirishlari lozim. Elektr energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Fuqarolarimizni ehtiyotkor bo‘lishga, o‘z salomatligi va yaqinlari xavfsizligini asrashga chaqiraman. Birgalikdagi mas’uliyat va ogohlik orqali jazirama kunlarni sog‘-salomat o‘tkazamiz.”