35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Boshcho'rosh mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan 17-Tomoyrot saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son "Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputatlik nazorati olib borildi.

Xalq deputatlari Angor  tumani Kengashining 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam hamda Kengash kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan "Kayran " mahallasi hududida joylashgan 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik deputatlik nazorati amalga oshirildi.

✔️ Nazorat davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda muassasa faoliyatining amaldagi talablar asosida tashkil etilishi joyiga chiqib o‘rganildi.

✔️ O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi hamda ta’lim sifatini oshirish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ustuvor yo‘nalishlar ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Bunday deputatlik nazoratlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya muhitini yaratish hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5