#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi yo‘lda piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish zarurligi yuzasidan fuqarolar tomonidan taklif bildirildi.
Mazkur yo‘ldan har kuni ko‘plab o‘quvchilar, bog‘cha tarbiyalanuvchilari va ota-onalar foydalanishi sababli transport harakati xavfsizligini kuchaytirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish muhimligi qayd etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|