#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik baza hamda ijtimoiy soha yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|