#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|