Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning 7-bandiga muvofiq, mahalladagi soliq inspektorlari tomonidan ularga yuklatilgan vazifalarning ijro etilishi holatini o‘rganish belgilangan.
Shu munosabat bilan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylarida Andijon shahridagi mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar so‘raldi.
Axborotlar har bir mahalla kesimida jadval ko‘rinishida tayyorlanib, yozma ravishda Kengash kotibiyatiga taqdim etilishi lozim.
Taqdim etish muddati: 10 kun.
Ochiqlik, hisobdorlik va samaradorlik — asosiy maqsadimiz!