Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N. Parmanova hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Axunov Xosa mahallasida elektr ta’minoti yo‘nalishida kelib tushgan fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Xosa mahallasida profilaktika inspektorining amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Xosa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova tomonidan Go‘zal mahallasida xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini olib borib, yurtimizga qaytgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan suhbat tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Toxirshayx mahallasidagi 24-maktabda o‘quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan tadbir va mashg‘ulotlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich tomonidan Juvozxona mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi xotin-qizlarning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida Narpay tajribasi asosida tashkil etilgan muammolarni qayd etish daftari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boyovut tumani “Olmazor” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisining mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan axboroti eshitildi.

Muhokamalar davomida mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalani Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 8