#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarning qonunchilik hujjatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquqiy bilim va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida jami 162 ta qonun hujjati deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
Mazkur qonun hujjatlari deputatlarning faoliyat yo‘nalishlari hamda ular a’zo bo‘lgan doimiy komissiyalar vakolatlariga muvofiq ravishda biriktirildi.
Biriktirilgan qonun hujjatlari yuzasidan deputatlar tomonidan o‘rganishlar olib boriladi, amaldagi qonunchilik talablari ijrosi tahlil qilinadi hamda hududdagi mavjud masalalarni qonuniy hal etishda ushbu hujjatlardan foydalaniladi.
Mazkur ishlar deputatlarning qonun ijodkorligi va vakillik faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda hududda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|