#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan tumanidagi 26- va 28-son umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hamda mahalla aholisi uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallarining holati hamda mavjud sport jihozlarining texnik ahvoli belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 26- va 28-son umumta’lim maktablarining sport zallarini ta’mirlash hamda sport jihozlari holatini mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur sport inventarlari bilan ta’minlash va ta’mirlash ishlarini tashkil etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishingiz yuzasidan amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube