Новости

Последние новости

янв.21
O'rganish davomida davolash bo‘limlari, kutish zallari va palatalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Payariq tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan "Ko‘paki" mahallasida ijtimoiy xodim hamda bank xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasidagi tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Topolos mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarkurg‘on mahallasidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining o‘rinbosari ishtirokida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Reproduktiv salomatlik — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 13-maydagi DKQ 03-03/43-26 sonli qaroriga ko‘ra, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Pastdarg‘om tuman markaziy poliklinikasida tashkil etilib, unda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va yoshlar salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jarayonda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.
Ishchi guruh tarkibida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a‘zosi X.Xaitova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Uralov ham bor.

Slide 1 of 6