#Kengash_raisi_faoliyati
#Matbuot_anjumani
#Deputatlar_faoliyati
Deputat ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “Payariq hayoti” gazetasi muxbirlari, shuningdek, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev ishtirok etdi. Matbuot anjumani davomida deputat tomonidan hududda aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan tashabbuslar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, jumladan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)