#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova hamda tuman tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovalar tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida xotin-qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, ularning ijtimoiy, iqtisodiy hamda oilaviy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Jumladan, xotin-qizlar tomonidan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish hamda daromad manbalarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)