Новости

Последние новости

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
янв.21
Ochilova Nazakat Yo'ldoshovnaning deputatlik so‘roviga tuman Elektr tarmoqlari unitar korxonasi tomonidan javob berildi.
янв.21
Mazkur masala Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, doimiy komissiya raislari S.Maxkamov, M.Nurmanova va L.Djamalovalar ishtirokida ko‘rib chiqilib, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Najmiddinovning axboroti eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo‘ldoshovna “Alisher Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning muammolari bilan yaqindan tanishish maqsadida ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida mahalliy budjet ijrosi, mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish va qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari, shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha aniqlangan rezervlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida suv bilan barqaror ta’minlangan hamda suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxati ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova hamda tuman tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovalar tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Chinoz tumani.Sessiya

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya kotibligiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova saylandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubovning, hokim o’rinbosari T.Tajiboyevning, Adliya bo‘limi boshlig’ining, doimiy komissiya raislari hamda tegishli mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Farxod Ibragimov, Muqim Erxo’jayev, Abdumajid Sadirov, Olimjon Isoqov, Surayyo Axmedova, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Surayyo Axmedova,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, Sessiya kotibi.

Slide 1 of 11