Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X. Sultonov hamda tuman Kengashi deputati S. Ahmedov biriktirilgan tashkilot – Tuman Agrobank filialida bo’ldilar.
Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, aholini qiynayotgan masalalarni o’z vaqtida hal etish bo’yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
🤝 Samarali hamkorlik va doimiy muloqot hudud rivoji hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.