35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov va D.Do‘stqulova navbatdagi sessiya oldidan Oltinko‘l mahallasi profilaktika inspektori faoliyatini hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–407-son Qonuni ijrosini joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda mahallada xavfsiz muhitni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini yanada samarali ta'minlash, profilaktika inspektori faoliyati samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1