Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev tomonidan Olmazor mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, "Ayollar daftari" bilan ishlash, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mahallada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hujjatlarning yuritilishi, belgilangan vazifalar ijrosi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.