O‘rganish davomida “Oltinko‘l” mahallasi hududida joylashgan “PLYAJ” aholi dam olish maskanining mavjud holati ko‘zdan kechirilib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, dam oluvchilar uchun qulayliklar hamda hududning sanitariya holati bilan tanishildi.
Shuningdek, maskanni yanada rivojlantirish, aholining madaniy dam olishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va hududni yanada ko‘rkam hamda xavfsiz holga keltirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Bunday maskanlar aholining va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, oilaviy dam olish madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.