Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand mahallasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada mahalla yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.