📜 Murojaatlar bilan ishlash — doimiy eʼtiborda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati B.Amanov hamda tuman hokimining oʻrinbosari F.Xamzayev hamkorligida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-sonli) ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Oʻrganishlar davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻllangan murojaatlarning qonuniy hamda muddatida koʻrib chiqilishi holati tahlil qilindi. Aholi muammolarini joyida hal etish, murojaatlar bilan ishlash tizimining shaffofligi va samaradorligini oshirish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qonun ustuvorligi va fuqarolar manfaati hamisha diqqat markazimizda.