Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
Yangihayot tumanida ko‘prik va maktab holati o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Yangihayot tumanida ko‘prik va maktab holati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov tomonidan Yangihayot tumanidagi hududlarda mavjud infratuzilma muammolari, xususan ko‘prik va 334-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi holati hamda aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev hamda tuman Kengashi deputati Dilshoda Xursandova ham ishtirok etdi.

📝 Dastlab hududdagi ko‘prik va unga tutash avtomobil yo‘llarining holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida ikki qatnov bo‘lagiga ega yo‘lning ko‘prik qismida torayib, bitta yo‘lakka birlashib ketayotgani transport harakati uchun jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Shuningdek, ko‘prikning eskirgani sababli ta’mirtalab holatga kelgani hamda mazkur yo‘lning serqatnovligi tufayli aholi va haydovchilar xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmayotgani qayd etildi.

📉 Shundan so‘ng deputat 334-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari, reja chizmasi, jarayon sur’ati bilan tanishdi.

🗣 O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xususan ko‘prikni ta’mirlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek maktabdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

 📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10