Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A. Isakulov Samarqand mahallasida qurilgan workout maydonchasining bugungi kundagi holatini ko‘zdan kechirdi.
Deputat maydonchadagi sport jihozlari holati hamda undan aholi, ayniqsa yoshlar tomonidan qanday foydalanilayotganini o‘rgandi. Shuningdek, workout maydonchasi aholining sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, kelgusida mahalla hududida yana shunday sport maydonchalarini barpo etish zarurligini inobatga oldi.